Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kechada to‘qqiz hududda koronavirus yuqtirganlar qayd etildi

Bir kechada to‘qqiz hududda koronavirus yuqtirganlar qayd etildi

2020-yil 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 506 (+297) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent shahrida (ulardan 72 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan  fuqarolar, 53 nafari esa Qozog‘istondan «G‘ishtko‘prik» chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 68 nafari Toshkent viloyatida, 32 nafari Buxoro viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Farg‘ona viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 710 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring