Bir yil oldin sodir etilgan jinoyat fosh etildi

Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sodir etilgan firibgarlik jinoyati oradan bir o‘tib fosh etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Romitan tumani «Samosiy» mahallasida yashovchi 38 yoshli fuqaro T.G. Vobkent tumanidagi «Rozmoz» mahallasilik 35 yoshli V.A. ismli shaxs bilan oldindan o‘zaro til biriktirgan. Ular Shofirkon tumani Pattaxon» mahallasida yashovchi R.S.ni vakolatli tanishlari orqali «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli 17-son PMS korxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishga va’da berishgan. Va bu «xizmat» evaziga R.S.dan 1300 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.
2022 yil avgust oyi boshlarida undan 6 million 500 ming so‘m va 700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olishgan va o‘zlarining shaxsiy manfaatlariga sarflab yuborishgan. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham «ishi» hal bo‘lmagan R.S. o‘zini ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarni jiddiy bezovta qila boshlagan. V.A. hamda T.G. undan pora sifatida olgan pullarini qaytarib berishni bildirishgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular bir yil ilgari olgan pulidan 1 million so‘mini o‘zining yashash uyi oldida fuqaro R.S. ga qaytarib berayotgan vaqtida qo‘lga olinishgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar V.A. hamda T.G.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter