Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi qo‘ng‘iroq: Putin va Bayden nimalarni muhokama qildi?

Birinchi qo‘ng‘iroq: Putin va Bayden nimalarni muhokama qildi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor telefon orqali AQSh prezidenti Jo Bayden bilan gaplashdi.

«Vladimir Putin Jozef Baydenni AQSh prezidenti sifatida ish boshlagani bilan tabrikladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish dunyodagi xavfsizlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha mas’uliyatni hisobga olgan holda, xalqaro hamjamiyat hamda har ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiladi»,- deyiladi Kreml veb-sayti bayonotida.

«Umuman olganda, Rossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasidagi suhbat ishchan va samimiy xarakterda o‘tdi. Aloqalarni saqlashga kelishib olindi», - deydi Kreml.

Suhbat ishtirokchilari Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.  Bundan tashqari, prezidentlar AQShning «Ochiq osmon» shartnomasidan chiqishi, Eron yadroviy shartnomasi, Ukrainadagi vaziyat, shuningdek Rossiyaning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sammitini o‘tkazish bo‘yicha tashabbusini muhokama qilganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring