Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Xalqaro jinoyat sudining Netanyahuni hibsga olish qarorini ma’qulladi

BMT Xalqaro jinoyat sudining Netanyahuni hibsga olish qarorini ma’qulladi

Jeremi Lourens.

Foto: UNOG Newsroom

Xalqaro jinoyat sudi (XJS)ni Rim statutiga muvofiq tan oluvchi davlatlar uning qarorlarini bajarishi shart. XJSning Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga bergan orderiga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi rasmiy vakili Jeremi Lourens shunday munosabat bildirdi.

«Rim statuti qatnashchi-davlatlari Sud qarorini hurmat qilishi va bajarishi lozim», — dedi Lourens.

Uning aytishicha, BMT vakillari Rim statutiga muvofiq, XJS yurisdiksiyaga ega bo‘lgan barcha hodisalarda uning mustaqilligi va vakolatlarini hurmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring