Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokuda 5 bokschimiz finalda jang qilishadi

Bokuda 5 bokschimiz finalda jang qilishadi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha «Buyuk ipak yo‘li» nomli yirik musobaqa o‘z yakuniga yetadi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etayotgan turnirning bugungi kun dasturida 5 nafar vakilimiz final bellashuvida ringga chiqadi. Juftliklar bilan tanishing:

-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Shalkar Ayxanbay (Qozog‘iston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Muhammed Xamud (Marokash)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Maulen Oskayenbek (Qozog‘iston)
-91 kg: Madiyar Saydrahimov – Rohil Mamadli (Ozarbayjon)
+91 kg: Obidjon Toxirov – Danila Semyonov (Qozog‘iston)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring