Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir koronavirus sabab o‘z to‘yini bekor qildi

Bosh vazir koronavirus sabab o‘z to‘yini bekor qildi

Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda yangi COVID cheklovlari joriy etilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida o‘zining to‘yi bekor qilinganini e’lon qildi. Bu haqda Lenta ma’lum qildi.

Koronavirusning yangi «omikron» shtammi tarqalishi munosabati bilan Yangi Zelandiya dushanbadan qizil hudud darajasiga o‘tmoqda: niqob rejimiga rioya qilish kuchaytiriladi. Barlar va restoranlar kabi yopiq joylar, shuningdek, tug‘ilgan kunlar va to‘ylar kabi tadbirlar bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 100 kishi bilan cheklanadi va COVID-19 emlash sertifikati bo‘lmasa, yig‘ilganlar soni faqat 25 kishi bilan cheklanadi.

«Menga kelsak, mening to‘yim bo‘lmaydi, men ham pandemiya tufayli bu holatni boshidan kechirgan ko‘p sonli aholi safidaman»,— degan Ardern.

«Bu taqdir», degan u va boshqa minglab yangi zelandiyaliklardan farq qilmasligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring