Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir voqea joyiga yetib borgan, hokim zarar qoplanishini aytdi (foto)

Bosh vazir voqea joyiga yetib borgan, hokim zarar qoplanishini aytdi (foto)

Sergelidagi portlashdan jabrlangan uylarning egalariga zarar qoplab beriladi.

«Moddiy zarar qoplab beriladi. Biz bu masalani 2-3 kun ichida hal qilamiz», dedi voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov.

Ayni paytda yong‘in maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda.

Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas’ullar yetib borgan.

Quruvchi massivida tezkor qutqaruv bo‘linmalari xodimlari chodirlar tikishgan, jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

«Toshkent» metropoliteni — Sergelidagi portlash natijasida hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yer usti halqa yo‘lining «Quruvchilar»  bekatining me’moriy qismiga yengil shikast yetgan. Bu holat yo‘lovchi va poyezdlarning harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.

Toshkent shahrining aholisi va mehmonlari diqqatiga!

Agar bugun tunda Sergeli tumanida ro‘y bergan hodisa yuzasidan savollaringiz yoki murojaatingiz bo‘lsa, 71 210-01-63  raqami orqali Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga  yoki 1205 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring