Bo‘stonliqdagi margimush ob’yekti haqida tarqalgan xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Yakkatut» MFYda joylashgan margimush saqlanayotgan maxsus ob’yektning hozirgi ahvoli haqida xabarlar tarqaldi.
Unda hududdagi margimush saqlanayotgan ob’yekt uchun ajratilgan 4,1 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirib yuborilgani, ob’yektda biror ish olib borilmagani aytiladi.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ob’yekt doimiy nazoratga olinganligi hamda tarqalgan xabarlar asossiz ekanligini aytmoqda.
«Margimush ob’yektining atrof-muhit hamda aholiga salbiy ta’siriga chek qo‘yilgan. Hudud atrofi beton to‘siqli devorlar bilan o‘rab, konservatsiya qilingan hamda hudud bo‘ylab sim yog‘ochlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ob’yektning ustki qismiga toza inert tuproq yotqizilgan va devor qismiga yomg‘ir va oqova suvlarini hamda nam massani o‘tkazmaslik maqsadida burg‘ulash (teshish) ishlari amalga oshirilgan.
Qolaversa, mazkur hududlarda radioaktiv fon darajasini aniqlash uchun maxsus asboblardan foydalanilib, radioaktiv fon darajasi mazkur obektda tepadan pastga, ustki qismlarida havo tortuvchi asbest quvurlari hamda dyukerning kirish va chiqish qismlari o‘lchab ko‘rilganda xavfsiz ekanligi aniqlangan. Hududda har chorakda rejaviy suv, tuproq namunalari olinib, nazorat monitoring tadbirlari o‘tkaziladi», – deyiladi Agentlik munosabatida.
Agentlik, o‘z navbatida, ijtimoiy tarmoq vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikdan bu kabi xabarlarga ishonmaslikni, ularni tarqatishdan oldin to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga aniqlik kiritishlarini so‘ramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter