Britaniya koronavirus qurbonlari bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

«Sky News» xabariga ko‘ra, Birlashgan Qirollikda qurbonlar soni 684 nafarga ko‘payib, 3605 kishiga yetgan. O‘z navbatida, Xitoyda qurbonlar soni, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 3350 kishidan oshmaydi.
So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha bir millionga yaqin kishi virusni yuqtirgan bo‘lib, 50 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh ancha ilgarilab ketdi — 213 600. Italiyada 115 ming, Ispaniyada 110 ming kishi koronavirusni yuqtirdi.
Lekin Italiya qurbonlar soni bo‘yicha dunyoning barcha mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda: qariyb 14 ming kishi vafot etdi. Ikkinchi pog‘onada Ispaniya turibdi — o‘n mingdan sal ziyodroq. AQShda 4800 ming kishi vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter