Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada koronavirus tufayli bir kunda 888 kishi vafot etdi

Britaniyada koronavirus tufayli bir kunda 888 kishi vafot etdi

Foto: «Theins.ru»

Buyuk Britaniyada koronavirus tufayli shifoxonalarda bir kunda vafot etganlar soni 888 kishiga yetdi, mamlakatda 5 526 kishi kasallikka chalindi, deyiladi sog‘liqni saqlash axborotida.

Yaqinda hukumat 847 kishi vafot etgani hamda 5 599 kishi koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi.

Mamlakatda 114 217 kishi COVID-19 yuqtirgan bo‘lib, shulardan 15 464 nafari hayotdan ko‘z yumishdi. 18-aprel soat 12:00 holatiga ko‘ra 460 437 kishi testdan o‘tgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring