Britaniyaning mashhur nashri O‘zbekistonga sayohat qilishga undadi

Buyuk Britaniyaning «The Times» nashriga qarashli «The Times Travel» «O‘zbekistonga sayohat qiling va Buyuk ipak yo‘li sirlarini kashf qiling» sarlavhali maqola chop etdi.
«Agar Buyuk ipak yo‘lini chinakam aks ettirgan mamlakatni ko‘rishni istasangiz, bu afsonaviy savdo yo‘lining markazida joylashgan, feruza koshinlar bilan qoplangan O‘zbekiston», — deb yozdi «The Times». Nashr Buxoro va Samarqandga 11 kunlik sayohatni tavsiya etdi.
«YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan boyliklarni har qadamda uchratish mumkin. O‘zbekistonda cho‘l qo‘rg‘onlari, qadimiy shaharlar va go‘zal bozorlarni uchratasiz.
Ushbu sayohat ko‘zni qamashtiruvchi me’moriy va madaniy boyliklarga ega ajoyib Samarqand shahriga olib boradi. Buxoroda ajoyib obidalar, islom me’morchiligining eng yaxshi namunalari hisoblangan masjid va madrasalar bor. Toshkentning gavjum bozorlari, Xiva shahri va uning saqlanib qolgan eski shaharchasi bilan tanishasiz, — deb tarifladi britan nashri.
«Lonely Planet» Markaziy Osiyoni «2020-yilning eng yaxshi hududi» deb e’tirof etdi. O‘zbekistonga vizasiz kirish yo‘li ochilgani Britaniya fuqarolari uchun Buyuk ipak yo‘lining eng yaxshi shaharlarida 11 kunni maroqli o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter