Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil 4 mln nafarga yaqin o‘zbekistonlik xorijga sayohat qilgan

Bu yil 4 mln nafarga yaqin o‘zbekistonlik xorijga sayohat qilgan

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,9 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘izistonga borishgan bo‘lib, to‘qqiz oyda bu yerga 1,8 mln nafar o‘zbekistonlik tashrif buyurgan.

Undan keyingi kuchli uchtalikni Qozog‘iston (774,1 ming), hamda Tojikiston (535,1 ming) va Turkiyaga (239,1 ming) egalladi.

Shuningdek ular quyidagi davlatlarga ham sayohat qilgan:

  • Rossiya — 95,7 ming nafar
  • BAA — 85,0 ming nafar
  • Saudiya Arabistoni — 51,2 ming nafar
  • Misr — 29,6 ming nafar
  • Janubiy Koreya — 16,8 ming nafar
  • AQSh — 12,6 ming nafar
  • Hindiston — 7,7 ming nafar
  • Gruziya — 7,5 ming nafar

«AllTrip» onlayn chipta xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonliklar yozda ko‘proq ichki turizmni ma’qul ko‘rgan.

Spot’ning yozishicha, yo‘lovchilar eng ko‘p «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasini tanladilar, bu sotilgan umumiy chiptalarning 83,99 foizini tashkil etgan. 

Keyingi o‘rinlarda «Turkish Airlines» (11,71 foiz), «Aeroflot» (1,33 foiz) aviakompaniyalari tanlangan.

Shu bilan birga, o‘tgan yozda «Uzbekistan Airways»ning o‘rtacha chipta narxi 2,2 mln so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, «Turkish Airlines»da 9,3 mln so‘m, «Aeroflot»da esa 6,8 mln so‘m.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring