Bugun 7 nafar bemor vafot etdi. Ular orasida 29 yoshli fuqaro ham bor

Shu yilning 22-avgust kuni mamlakatimizda 458 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Ular orasida 29 yoshli fuqaro ham bor.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 587 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 532 nafar bemordan 34 576 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 689 nafar bemordan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter