Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ijobiy rekord natija qayd etildi

Bugun ijobiy rekord natija qayd etildi

2020-yil 22-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 379 (+55) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar, Andijon viloyatida 112 nafari, Namangan viloyatida 61 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Jizzax viloyatida 3 nafar, jami rekord darajada – 351 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 9 872 (+351) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 409 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring