Bugun vaziyat nisbatan ijobiy tomonga o‘zgardi. Sog‘ayganlar soni 45 mingdan oshdi

2020-yil 15-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 565 (+136) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 52 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli A.R. (erkak) vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 314 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 53 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 45 058 (+532) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 104 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter