Bugundan O‘zbekiston va Eron o‘rtasida parvozlar tiklanadi

9-dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.
Dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil noyabr oyida Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyatining «Zagros Airlines» aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash to‘g‘risidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001-yil 17- avgustdagi Havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter