«Buvilar» «nevaralar»dan besh baravar ko‘p mamlakat
Italiyada, 2019-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan fuqarolar soni 15 yoshgacha bo‘lganlarga nisbatan besh baravarga ko‘paydi. Bu haqda mamlakat milliy statistika xizmati («Istat») ma’lum qildi.
Solishtirish uchun: 2011-yilda ana shu yosh toifalari o‘rtasidagi nisbat 3,8 baravar edi.
Tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayib ketishi bilan bog‘liq qator demografik aksilrekordlar oqibati shu bo‘ldiki, 45 yoshlilar va undan kattalar ayni paytda Italiya aholisining 53,5 foizini tashkil etmoqda (2011-yilda 43,2 foiz edi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter