Buxoro bug‘usini noqonuniy ovlagan brakoner qo‘lga olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi, Respublika prokuraturasi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, Beruniy tuman IIB hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Beruniy tumani, «Biybazar» OFY hududida Xalqaro Qizil kitob va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bug‘usi fuqaro A. J. tomonidan noqonuniy tarzda ovlangani aniqlandi.
Holat natijasida hayvonot dunyosiga 1 mlrd 20 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter