Buxoro va Mo‘ynoqda konlar ta’mirlanib, gaz va gaz kondensati olish ko‘lami oshirildi

«O‘zbekneftgaz» AJning Konlarni ishlatish departamentining ma’lumotiga ko‘ra, Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Janubiy Kemachi» konidagi 117-sonli quduqda olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.
«O‘zneftgazquduqta’mirlash» AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng, quduq yana ishga tushirildi. Ushbu quduqda 2269-2272m oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan o‘rtacha kunlik 55 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma’lumot uchun: «Janubiy Kemachi» gazokondensat koni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan bo‘lib, 1978 yilda ishga tushirilgan.
Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Sharqiy Berdaq» konidagi bir qancha quduqlarda kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Konlarni rivojlantirish departamentining ma’lumotiga ko‘ra, 58-sonli quduq ham «O‘zneftgazquduqta’mirlash» AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital ta’mirlashdan so‘ng, qayta ishga tushirildi.
Ushbu quduqda 2139-2135m, 2071-2069m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 0,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma’lumot uchun: «Sharqiy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2002 yilda ishga tushirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter