Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyatidagi elektr taqchilligi hajmi va uni bartaraf etish yo‘llari ma’lum qilindi

Buxoro viloyatidagi elektr taqchilligi hajmi va uni bartaraf etish yo‘llari ma’lum qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi va Shofirkon tumanidagi yangi korxonalarni ochilish marosimida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqi davomida viloyatdagi elektr taqchilligi muammosi va uni hal qilish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda Buxoroda yillik elektr iste’moli 4 ,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo‘lishi kutilmoqda.Viloyatda qo‘shimcha quvvatlarni yaratish va samaradorlikni oshirish hisobiga, bu taqchillikni ortig‘i bilan qoplanishi rejalashtirilgan.

Unga ko‘ra, viloyatdagi 740 ta korxonada 22 Megavattli va 6 mingta xonadonda 7 Megavattli quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu orqali 30 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.

Shuningdek, 726 ta ijtimoiy soha va davlat idoralari, ko‘p qavatli uylarda 11 Megavattli quyosh panellari o‘rnatiladi va 10 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.
Tegishli tashkilotlar tomonidan reja bo‘yicha elektr tarmoqlarini yangilash hisobiga 50 million kilovatt soat elektr yo‘qotishlarni kamaytiriladi.

Viloyatdagi 45 ta yirik sanoat korxonalarida energiya sarfi yuqori bo‘lgan uskunalar almashtirilishi lozim bo‘ladi. Bu orqali 60 million kilovatt soat iqtisod qilinadi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, «Amu-Buxoro» nasos stansiyasida chastotali boshqarish vositalarini yangilash hisobiga bu yil 60 million, kelgusi yil 100 million kilovatt soat tejash lozim bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring