Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ekskavator 64 yashar fuqaroni bosib ketdi

Buxoroda ekskavator 64 yashar fuqaroni bosib ketdi

Videodan kadr.

Buxoroda ekskavator 64 yoshli fuqaroni bosib ketdi. Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Shukurlayev Ulug‘bek Jamolovich mazkur xabarni tasdiqladi. 

2025-yilning 15-may kuni  Buxoro shahar markaziy bozori oldida YTH sodir bo‘lgan.

Olib borilgan kechiktirib bo‘lmas surishtiruv harakatlari davomida, shu kuni H.I. ismli shaxs o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavatorni Ibn Sino ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtida Buxoro shahar markaziy bozoridan chiqib yo‘lni kesib o‘tayotgan 1961-yilda tug‘ilgan ayolni ko‘rmay qolib bosib ketishi natijasida YTH sodir bo‘lgan. Natijada ayol voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov yakuniga ko‘ra holatga huquqiy baho berilib, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring