Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda jurnalistning mikrofoni va telefoni olib qo‘yilgani aytilmoqda

Buxoroda jurnalistning mikrofoni va telefoni olib qo‘yilgani aytilmoqda

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun, 2021-yil 6-yanvar kuni «Bukhara News» internet-OAV vakillarining faoliyatiga «Markaziy bozor» ma’muriyati tomonidan to‘sqinlik qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Hodisaga AOKA o‘z munosabatini bildirdi.

«Mazkur internet ommaviy axborot vositasi tomonidan bozor hududida ijtimoiy so‘rovoma o‘tkazilayotgan vaqtda bozor ma’muriyati vakillari jurnalist va tasvirchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani, jurnalistning mikrofoni va telefoni olib qo‘yilgani aytilmoqda.

AOKA o‘z vakolati doirasida ushbu vaziyatni o‘rganib chiqib, tomonlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Buxoro viloyati hokimligiga murojaat qildi», deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring