Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda kadastr muhandisi qo‘lga olindi

Buxoroda kadastr muhandisi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Buxoroda tadbirkorning binosini foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan kadastr muhandisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali yetakchi muhandisi M.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, tumandagi “Bo‘zachi” MFY hududida joylashgan tadbirkor J.S.ga tegishli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ob’yekti binosini Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi va foydalanishi uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga fuqaro A.X.dan 3 000 AQSh dollarini olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring