Buxoroda yana bir xonadondan portlovchi moddalar topildi

Buxoro viloyati Peshku tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda porox va gilzalar saqlashga oid noqonuniy holat fosh qilindi.
Viloyat Bojxona boshqarmasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, nazorat ostiga olingan fuqaro K.Sh.ning yashash xonadonidan silindrsimon idishda bo‘lgan, vazni 780 gramm og‘irlikdagi porox topilgan.
Bundan tashqari, fuqaro yelim idishga solingan 40 gramm og‘irlikdagi kukunsimon porox hamda 20 dona turli kalibrli gilzalarni ham o‘z xonadonida yashirin ravishda saqlab kelayotgan bo‘lgan. Ushbu yashirin vositalar orasidan maxsus pichoqlar ham topilgan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Kogon tumanida yashovchi shaxsning seyfidan portlovchi modda chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter