Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi o‘zgarishlar: viloyatning sobiq rahbariga ish berildi, Olotning zo‘ravon hokimi Qorako‘lga o‘tkazildi...

Buxorodagi o‘zgarishlar: viloyatning sobiq rahbariga ish berildi, Olotning zo‘ravon hokimi Qorako‘lga o‘tkazildi...

Foto: «Buxoro.uz»

O‘ktam Barnoyev Buxoro viloyati hokimligidan Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilishi ortidan viloyatda kadrlar bilan bog‘liq qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov endi viloyat hokimi vazifasini bajaradi.

Yana bir o‘zgarish 2011-2016 yillar davomida viloyatni boshqargan Muhiddin Esonov yana hokim lavozimiga qaytarildi: endi u Kogon tumaniga rahbarlik qiladi. Mazkur lavozimdan ishlagan Yo‘ldosh Jumayev yaqinda viloyat hokimi o‘rinbosari - viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlangandi.

Shuningdek, Qorako‘l tumani hokimi Husniddin G‘oyirov vazifasidan ozod etilgani ham aytilmoqda. E’tiborlisi - uning o‘rnini mushtumzo‘rligi bilan ovoza bo‘lgan Olot tumani hokimi Sherali Salomov egallagan.

Olot tumani hokimi etib esa viloyat tarixida ilk bor ayol kishi tayinlandi: shu paytgacha tuman hokimi o‘rinbosari - xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan Nargiza Isomiddinovaga mazkur lavozimga loyiq ko‘rildi.

Buxoro shahar hokimligi hozircha bo‘sh.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring