Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi yong‘inda 9 kishi qutqarildi

Buxorodagi yong‘inda 9 kishi qutqarildi

Kecha, 8-iyul soat 16:47 da Buxoro shahrining Abdulxoliq G‘ijduvoniy MFY, Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar berilgan.

To‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:51 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yerto‘laning taxminan 20 kvadrat metr maydonida chiqindilar yongan.

Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uyning kirish eshigi va yo‘laklarini tutun qoplagani sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlarda yashovchi 9 kishi FVV qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan evakuatsiya qilinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring