Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chor Minor» hududida qo‘yxona borligi rasman rad etildi

«Chor Minor» hududida qo‘yxona borligi rasman rad etildi

Biroz vaqt muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi «Chor Minor» madrasasi ob’yekti va uning atrofidagi holat bo‘yicha video joylangan edi. Vaziyat kecha, 27 yanvar kuni mutasaddi tashkilotlar, jamoatchilik va aholi bilan birgalikda o‘rganildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, «Chor Minor» madrasasi va uning atrofidagi hudud ayni paytda ozoda ekani, hech qanday qo‘yxona mavjud emasligi va videoda aks etgan holat haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

«Chor Minor» madrasasi joylashgan «Alisher Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shahnoza Kamolovaning so‘zlariga ko‘ra, u 2,5 yildan buyon ushbu mahallada ishlab kelmoqda va bu davr ichida ko‘rsatilgan joyda qo‘yxona mavjud bo‘lmagan. Videodagi holat esa 3 yil oldin kuzatilgani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu hududning ozoda va tartibli saqlanishi bo‘yicha fuqaro Mansur Safarov mas’ul etib biriktirilgan. Mahalliy aholi ham ayolning gaplarini tasdiqladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring