Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 pandemiyasining O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’siri (oktyabr so‘rovi)

COVID-19 pandemiyasining O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’siri (oktyabr so‘rovi)

Jahon banki hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi koronavirus pandemiyasi (COVID-19)ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholovchi so‘rovning oktyabr oyidagi natijalarini sarhisob qildi.

Markazning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati ma’lum qilishicha, so‘rov fuqarolarning farovonligini va hukumat tomonidan olib borilayotgan islohotlarga nisbatan jamoatchilik fikrini baholash maqsadida «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» (Listening to Citizens of Uzbekistan, L2CU) loyihasi doirasida o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun: «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi 1500 xonadonda o‘tkazilgan so‘rovnomalar orqali O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi uy xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganishni nazarda tutadi. 2018-yildan beri loyiha doirasida 27 ta so‘rov o‘tkazilgan. Eng oxirgisi 2020-yilning 21-oktyabrida o‘tkazilgan.

OKTYaBR OYIDAGI SO‘ROV NATIJALARI

Aholi daromadlari va mehnat faoliyati sohasida

Aprel oyida o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlashdan olinadigan daromad darajasi mart oyiga nisbatan 68 foizga kamaygan. Syentyabr oyiga kelib vaziyat barqarorlashgani va oktyabr oyida yakka tartibdagi ish bilan bandlik darajasi mart oyidagi ko‘rsatkichdan 11 foizga oshgani aytilmoqda. Ish haqi darajasi ham joriy yilning oktyabr oyida pandemiya darajasidan bir oz yuqoriligicha qoldi.

Mualliflar mehnat bozorida tiklanish kuzatildi, deyishmoqda. Xususan, joriy yilning aprel oyida kamida bitta ishlaydigan oila a’zosi bo‘lgan uy xo‘jaliklarining ulushi 2019-yilning tegishli davriga nisbatan 40 foizdan ortiq punktga, joriy yilning iyun oyiga nisbatan esa 33 foiz punktga kamaygan. Oktyabr oyida tiklanish jarayoni davom etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayish 5 foiz punktni tashkil etdi, deyiladi sarhisobda.

Yaqinda «ishini yo‘qotilgan yoki to‘xtatgan» holatlar soni aprel oyida 11 foizni tashkil etdi, keyin vaqtincha pasayish kuzatildi. Iyul va avgust oylarida «ishini yo‘qotganlar yoki ishlamay qolganlar»ning ulushi oktyabrda 2 foizgacha kamayib, yana o‘sishni boshladi.

Ish bilan ta’minlashdagi uzilishlar, asosan, o‘z-o‘zini ish bilan band qilganlar orasida keng tarqalgan. Shunday qilib, aprel oyida o‘zini-o‘zi ish bilan band qilganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 67 foizga kamaydi va avgustgacha 30 foiz darajasida qoldi hamda oktyabr oyida 14 foizga tushdi. O‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlashning pasayishi qishloq joylarga qaraganda shaharlarda og‘irroq bo‘lgan. O‘zini-o‘zi ish bilan band qilganlardan farqli o‘laroq, iyun oyida ish haqi olgan ishchilarning ish bilan bandlik darajasi 2019 yil darajasiga yetdi va erkaklar orasida ayollarga qaraganda tezroq tiklandi.

Moliyaviy farovonlik sohasida

Respondentlarning 13 foizi pandemiyadan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam olganligini ma’lum qilishdi.

Yordam olish daromadlarning past darajasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu dasturlarning zaif oilalarga foyda keltirganligini ko‘rsatadi.

Migratsiya va pul o‘tkazmalari sohasida

Joriy yilning oktyabr oyida pul o‘tkazmalari oladigan uy xo‘jaliklarining ulushi o‘tgan oyga nisbatan deyarli o‘zgarmadi, ammo 2019-yil ko‘rsatkichidan past bo‘lib qolmoqda. Aprel oyida har qanday pul o‘tkazmalarini olgan oilalar ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kamaydi va may va avgust oylarida biroz tiklandi. Pul o‘tkazmalari olganlar orasida aprel oyida 2019-yilning shu davriga nisbatan jami pul o‘tkazmalari qiymati 67 foizga pasaygan. Joriy yilning oktyabr oyida ushbu ko‘rsatkichning pasayishi o‘tgan yilning joriy davriga nisbatan 16 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, karantin cheklovlari tufayli avia parvozlarining qisqarishi natijasida rasmiy pul o‘tkazmalari o‘zgarishi bilan bog‘liq pul o‘tkazmalari hajmi 3 foizga pasayganligini ko‘rsatdi.

Xususan, xorijda ishlovchi oila a’zolari bor uy xo‘jaliklari soni kamaydi. Aprel va oktyabr oylarida chet elda istiqomat qiluvchi oilalarning ulushi 2019 yilning shu davrlariga nisbatan 3 foiz darajaga past bo‘ldi. Joriy yilning oktyabr oyida hali ham chet elda bo‘lganlar orasida faol bandlik 90 foizdan 85 foizgacha kamaydi. Apreldan oktyabrgacha chet elga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan oilalarning ulushi deyarli nolga tushdi.

Inson farovonligi sohasida

Apreldan oktyabrgacha odamlarning hayotdan mamnunligini baholash sezilarli yaxshilanishlarni ko‘rsatdi. Xususan, shu yilning iyun oyida o‘z hayotidan mamnun bo‘lgan odamlarning ulushi aprel oyiga nisbatan 1,2 foiz darajaga kamaydi va oktyabr oyida 1,3 foiz punktga o‘sdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining jamoatchilik bilan aloqalar xizmati bizga bergan ma’lumotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring