Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daraxt va butalar  elektron platformaga kiritildi        

Daraxt va butalar  elektron platformaga kiritildi        

Bugun poytaxtimizdagi «Interkontinental» mehmonxonasida  Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda «Shaharlarda daraxtlar» global tashabbusi doirasida tashkil etilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi: shaharlarda yashil hududlar va daraxtlarni ko‘paytirish»  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilmoqda. 

Tadbirda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishdagi mavjud muammolar va imkoniyatlar, Moskvani yashillashtirish tajribasi, xamda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan taqdim etilgan «Yashil Makon» loyihasini moliyalashtirish taklifi, Nursulton(Ostona)ning «Yashil kamar»i va Singapur  «Tabiatdagi shahar» kabi «Yashil tashabbuslar» asosidagi muhokamalar  ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Florensiya universiteti professori Franchesko Ferrini 2050 yilgacha shaharlar yashil konsepsiyasini rejalashtirish haqida fikrlari bilan o‘rtoqlasharkan:

— Har bir daraxtning joni bor, ularning har birini o‘rganish, har birini  «eshitish» bugun bizning asosiy vazifamiz. Butun dunyoda ekologik muammolar qaynab turgan paytda bizga faqat tabiatdagi yashillik yordam bera oladi, dedi. —  Aytishim mumkinki, shaharlaringizda ignabargli daraxtlardan ko‘ra, katta bargli daraxtlarni ko‘paytirsangiz maqsadga muvofiq. Sabab katta bargli daraxtlar sizning iqlimingizga mosligi va ko‘proq kislorod yetkazib bera olishi bilan ahamiyatli. Yashil makon yaratayapsizmi shahar barpo qilib keyin daraxt ekish kerakmas, yoki shahar qurish uchun daraxtlarni ayovsiz kesish shartmas, balki daraxt, yashillik ko‘p joyga shaharni olib borish lozim. Chunki bitta daraxtni yetishtirib uni tabiatga qo‘shish uchun ozmuncha mehnat sarflanmaydi.

Tadbir doirasida xorijning tajribalarini tadbiq qilish masalasi ham o‘rtaga tashlandi.

—«Yashil makon»  yagona elektron platformasi ishga tushirildi. Davlat ekologik inspektorlari tomonidan nazorat monitoringini amalga oshirishda bu ilova orqali yangi ekilgan  daraxtlarning ma’lumotlarini joyida kiritish imkoni yaratiladi. Ekilgan 64 mlndan ortiq daraxt va butalarning 31 mlndan ortig‘i platformaga kiritildi. Endi bemalol ekilgan ko‘chatlarning ahvolini, xavfini aniqlashimiz mumkin, — dedi Davlat ekologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abduqodir Sodiqov.

Seminar 19 mart kuni Toshkent shahrida daraxt ekish tadbirlari bilan amaliy tarzda davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring