Moldovadagi prezident saylovining dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi

1-noyabr kuni Moldovada prezident saylovlari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.
Sputnik Moldova nashrining yozishicha, mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ovozlarning 99 foizi natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, sobiq bosh vazir Mayyu Sandu 35,42 foiz ovoz bilan amaldagi prezident Igor Dodonni ortda qoldirgan. Dodon esa 33,16 foiz ovoz to‘plagan.
Endilikda ikkinchi tur saylovlari 15-noyabr kuni o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter