Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2,1 mlrd so‘mlik gazni noqonuniy tarzda ishlatganlar aniqlandi

2,1 mlrd so‘mlik gazni noqonuniy tarzda ishlatganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti Andijon shahar bo‘limi mansabdor shaxslari xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganliklari oqibatida, «E.b.» va «M.M.» MChJlar tomonidan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, ohak ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.E.» MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida tabiiy gaz sarfini hisoblash uskunasi tekshirish metodikasi talablariga javob bermasligi, bosim kanalidagi ko‘rsatkichlar noto‘g‘ri ishlab kelganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring