Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siyosiy retsept. Prezident necha yoshda bo‘lishi kerak?

Siyosiy retsept. Prezident necha yoshda bo‘lishi kerak?

Foto: «UPI.com»

AQSh demokratlar partiyasining aksariyat tarafdorlari prezident uchun eng yaxshi yosh 50 atrofida degan fikrni bildirishdi. Pew tadqiqotlar markazi buni o‘z so‘rovi orqali aniqladi.

Prezident necha yoshda bo‘lishi kerak?

  • 30 yosh — 6 foiz
  • 40 yosh — 25 foiz
  • 50 yosh — 47 foiz
  • 60 yosh — 16 foiz
  • 70 yosh — 3 foiz.

Dempartiya prezidentlikka olg‘a surayotgan ikki yetakchi nomzod Jo Bayden va Berni Sanders, har ikkisi ham yetmishdan oshgan. Yuqoridagi so‘rovnomaga ko‘ra, ular «uch foizlik» toifada... Holbuki, bungacha o‘tkazilgan so‘rovnomada yosh demokratlar Sandersning yoshini hurmat qilishlarini ko‘rsatishgandi.

Pew research so‘rovnomasi ko‘rsatishicha, demokrat saylovchilarning tanloviga nomzodning irqi yoki jinsi aytarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq har uchinchi demokratning istagi — partiyaning yakuniy nomzodi sifatida ayol kishini ko‘rish. Har beshinchi demokrat saylovchi esa nominant afroamerikalik yoki lotin amerikalik bo‘lishi tarafdori.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 2020-yilning 3-noyabr kuni o‘tkaziladi. Bu saylovda demokratlar partiyasidan ko‘plab siyosatchilar qatnashishni xohlamoqda, shulardan  besh nafari ayollar (38 dan 69 yoshgacha).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring