Diyetolog lavlagining ikki muhim foydasini ochiqladi
Diyetolog va ovqatlanish mutaxassisi Yelena Solomatinaning so‘zlariga ko‘ra, lavlagi salomatlikda muhim o‘rin tutadi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, lavlagi tarkibida betalain va betain kabi antioksidantlar, shuningdek, polifenollar mavjud. Lavlagi shirin va pishirilganda yuqori glikemik indeksga ega bo‘lsa-da, uning tarkibidagi tolalar hatto diabetga chalingan odamlar uchun ham foydalidir.
Sabzavotning saraton kasalligiga potensial foydalari haqida gapirar ekan, Solomatina lavlagining saraton kasalligini davolash emas, balki oldini olishda muhim ekanligini ta’kidladi. Asosiy himoya ta’sirini sabzavotning kuchli antioksidantlari - betalainlar ta’minlaydi.
Ilgari boshqa bir diyetolog Yelena Ustinova lavlagi shamollash va gripp mavsumida eng foydali sabzavotlar qatoriga kirishini aytgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter