Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetolog: tarvuzni ko‘p iste’mol qilish semirib ketish xavfini tug‘diradi

Diyetolog: tarvuzni ko‘p iste’mol qilish semirib ketish xavfini tug‘diradi

Foto: Xabar.uz

Tarvuzni ko‘p miqdorda iste’mol qilish, bu o‘z qomatini saqlashga urinadiganlar uchun kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda gastroenterolog, diyetolog Nuriya Dianova ma’lum qildi.

Mutaxassis fikriga ko‘ra tarvuzni kam-kamdan iste’mol qilish kerak. Insulin qarshiligining oldini olish uchun bir vaqtning o‘zida ortiqcha meyo‘ridan ortiqcha tarvuz iste’mol qilmaslik kerak.

Semirib ketish xavfi, nafaqat tarvuzdan, balki boshqa meva mahsulotlarini haddan tashqari iste’mol qilishdan ham kelib chiqadi. Mutaxassis har kuni bir yoki ikki dona meva iste’mol qilishni maslahat beradi. Umumiy qilib aytganda kunlik iste’mol taxminan 200 grammdan oshmasligi tavsiya etiladi.

Shuningdek, shifokorlar, diareya, urolitiyoz, ateroskleroz, prostata adenomasi bilan og‘rigan odamlarga tarvuzni cheklangan miqdorda iste’mol qilishni maslahat beradi. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida tarvuz iste’mol qilish mutlaqo mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring