Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Diplomatik xizmat a’lochisi» va «Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

«Diplomatik xizmat a’lochisi» va «Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlandi. Unga ko‘ra, «Diplomatik xizmat a’lochisi» va «Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

Ta’kidlanishicha, «Diplomatik xizmat a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obro‘sini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarlik ruhida, sidqidildan va namunali tarzda bajarayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari taqdirlanadi.

Shuningdek, «Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shgan chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, xorijda doimiy yashaydigan vatandoshlar taqdirlanishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring