«Dom» quruvchi firma 3 oyda qurilishni boshlamasa, yeri olib qo‘yiladi

Ko‘p kvartirali turar joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha auksion g‘olibi tuman (shahar) hokimiyati bilan «Elektron auksionlarni tashkil etish» AJda ro‘yxatga olinadigan elektron shartnoma (oferta) tuzadi va belgilangan muddatlarni nazarda tutadi.
Mazkur muddatlar:
- ko‘p kvartirali turar joylar qurish uchun auksionda sotilgan yer uchastkalari bo‘yicha loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash uchun 15 kun;
- loyiha ishlarini bajarish uchun 2 oy va qurilish ishlarini boshlash uchun 3 oy;
- yer uchastkasida qurilishi rejalashtirilgan ob’yektni foydalanishga topshirishni o‘z ichiga oladi.
Auksion taklifi talablari bajarilmaganda esa yer uchastkasi belgilangan tartibda qaytarib olinadi va takror savdolarga chiqariladi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati va shaharsozlik maqsadlarida elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinadigan yer uchastkalarida qurilish ishlari boshlanganidan ularni foydalanishga topshirilguniga qadar barcha jarayon bosqichlarini «Onlayn mahalla» elektron platformasida monitoring qilish tizimi joriy etiladi.
Manba: lex.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter