Donald Tramp harbiy gospitalga o‘tkaziladi

Koronavirusga chalingan AQSh prezidenti Donld Tramp «bir necha kunga» harbiy gospitalga o‘tkaziladi. Bu haqda «RIA Novosti» Oq uy matbuot kotibi Keyli Makianiga asoslanib xabar berdi.
Makiani Trampning «simptomlari yengil», «kayfiyati yaxshi», «kun bo‘yi ishlagani»ni ma’lum qildi.
«Ehtiyot chora sifatida hamda uning shifokori va tibbiy ekspertlarning tavsiyasiga ko‘ra, prezident keyingi bir necha kun Uolter Rid nomidagi prezident ofisida (harbiy gospitalda joylashgan) ishlab turadi», — dedi matbuot kotibi.
Donald Tramp koronavirusga topshirgan oxirgi testi musbat chiqqanini juma kuni ma’lum qilgandi. Uning rafiqasi Melanya Tramp ham kasallangan. Har ikkisi ham karantinga kirgan. Tramp ishtirokidagi barcha saylovoldi tadbirlarini qoldirish yoki onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter