Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni yana bir millionlik dovondan oshdi

Yangi tipdagi koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 17 million kishidan oshdi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti. Mazkur muassasa federal va mahalliy hokimiyat, shuningdek, OAV va boshqa ochiq manbalardagi ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanadi.
Universitetning ma’lum qilishicha, 2020-yil 30-iyul 16:16 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 17 053 700 kishiga yetgan. Universitet xabariga ko‘ra, COVID-19 tufayli 667 693 kishi vafot etgan. Shu vaqtga qadar 9 948 163 inson kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter