Dunyoning eng qimmat kompaniyasi o‘zgardi

Nvidia kotirovkalari rekordni yangilaganidan so‘ng, korporatsiya Microsoftni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi.
Bosh direktor Jenseng Xuang sun’iy intellektli infratuzilmalarga talab yuqori qolishiga aksiyadorlarni ishontira oldi, Nvidia aksiyalari qiymati 4,3 foizga oshgan. Qolaversa, u kompaniyaning robototexnika yo‘nalishi ham trillionlab dollar daromad keltirishini ta’kidlagan.
25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan savdolar yakuni bo‘yicha, Nvidia qimmatbaho qog‘ozlari qiymati 4,33 foizga yoki $154,31 gacha oshdi. Kompaniya kapitalizatsiyasi 3,76 trln dollarni tashkil etmoqda, ikkinchi o‘rinda — Microsoft ($3,66 trln).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter