DXX chegarada million dollarlik sintetik giyohvand moddasini qo‘lga oldi

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali kirib kelgan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1983 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaroga tegishli tibbiy uskunalar ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu uskunalar ichiga yashirilgan, umumiy bahosi 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,206 kg “Mefedron” hamda 3,970 kg “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan Toshkent shahri va viloyatida yashovchi, 1992, 1993, 1995 hamda 2000 yillarda tug‘ilgan 5 nafar fuqaro ham qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular “Telegram” messenjeri orqali narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ko‘rsatmalarini bajarib kelishgan.
“Navoiy” chegara bojxona postida fosh etilgan boshqa holatda esa, 1980-y.t. Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi tomonidan aravakash sifatida yollangan shaxs Qozog‘iston Respublikasidan mamlakatimizga gaz plitasini olib kirgan vaqtida to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, gaz plitasi ichida 1,985 kg “Al’fa-PVP” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 2006-y.t. shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter