DXX Fransiya, AQSh va Kanadaga odam jo‘natmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar K.S., M.O. va O.Z. fuqaro Sh.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishlari evaziga 32 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro O.Z. fuqaro Sh.F.ni va uning oila a’zolarini Fransiya davlatiga borishlari uchun viza hujjatlarini olib berishi evaziga 3 900 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zining viza kartasiga o‘tkazib olganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar H.A. G.M. va J.A. fuqaro R.M.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 7 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 500 AQSh dollari va 600 ming so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter