Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX raisi Pokistonga tashrif buyurdi

DXX raisi Pokistonga tashrif buyurdi

Foto: Xalqaro press klub

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Pokistonga tashrif buyurdi. U Ravalpindi shahrida mezbon davlat quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi (COAS) boshlig‘i, general Qamar Javod Bajva bilan muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda «Thenews.com.pk» nashriga asoslanib  «Xalq so‘zi» nashri berdi.

Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi umumiy holatga urg‘u berilgan.

Har ikki tomon ham o‘zaro harbiy aloqalar, sohada kadrlar tayyorlash va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishilgan.

DXX raisi Pokiston armiyasiga professionalligi va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring