Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YKL saralashi. «Istanbul Bashakshehir» keyingi bosqichda — Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi

YKL saralashi. «Istanbul Bashakshehir» keyingi bosqichda — Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi

Foto: Istanbul Basaksehir

Yevropa konferensiyalar ligasi saralash bosqichining javob uchrashuvida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Cherno More» ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Yaqinda istanbulliklar safiga kelib qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullayev qaydnomaga kiritilmadi.

Umumiy 5:0 hisobida g‘alaba qozongan «Istanbul Bashakshehir» musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

YKL saralashi. 1-avgust

Istanbul Bashakshehir — Cherno More 4:0

Gollar: Brnich 17, Krespo 31, Da Kosta 36, Operi 80.

Istanbul Bashakshehir: Muhammad Shengezer, O‘nur Bulut, Leo Duarte, Osseynu Ba, Kristofer Operi, Omer Shahiner (Oliver Kemen, 68), Berat O‘zdemir (Umut Gyunesh, 77), Migel Krespo, Sari Yusuf (Deniz Turuch, 68), Nunu Da Koshta (Eldor Shomurodov, 58), Ivan Brnich (Davi Zelke, 68).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring