Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi

Endi maktabda o‘qimaganga ham attestat beriladi

Foto: «zarnews.uz»

Qandaydir sabablarga ko‘ra, 9-sinfni va 11-sinfni bitirganlik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmaganlar endi attestat olishlari mumkin. Bu haqida Zarnews tomonidan ma’lumot berib o‘tilgan.

- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 15 noyabrdagi “Eksternat to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i hamda 2019 yil 23 fevraldagi 546-sonli xatiga asosan, 2018-2019 o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 9 va 11-sinf uchun eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish belgilandi, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Boboxolov. - Endi qandaydir sabablarga ko‘ra, 9-sinfni bitirganlik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lmaganlar 1 apreldan 30 aprelga qadar Samarqand shahridagi 37-IDUM hamda 11-sinf attestatini olmaganlar 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mas’ullar bilan uchrashib, hujjat topshiradi. Ularga mustaqil uyga topshiriq beriladi va imtihonda yaxshi natijani qo‘lga kiritganlar attestatga ega bo‘ladi. Imtihon kunlari haqida hujjat topshirganlarga xabar berib boriladi.

Ulardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

9-sinflarda:

Tibbiy ma’lumotnoma(086- forma);
3x4 rasm 6 dona;
O‘quvchi o‘qigan maktabidan ma’lumotnoma (O‘qigan maktabidan qaysi sinfgacha yoki chorakgacha o‘qiganligi to‘g‘risida);
Ariza(maktab direktori nomiga);
Fuqarolik pasporti asli va nusxasi.

11- sinflarda:

Tibbiy ma’lumotnoma(086-forma);
3x4 rasm 6 dona;
Ariza (maktab direktori nomiga);
Fuqarolik pasporti asli va nusxasi;
9-sinfni tugatganlik to‘g‘risida shahodatnomasi asli va nusxasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring