Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi O‘zbekiston aholisi havo sifati haqida xabardor qilib boriladi

Endi O‘zbekiston aholisi havo sifati haqida xabardor qilib boriladi

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatish doirasida 2024-yil 1-martdan boshlab hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablarni joriy etish ham ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni kunlarda «Zamin» fondi ko‘magi yordamida Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahriga havo sifat darajasini monitoring qiluvchi zamonaviy statsionar postlar yetkazildi. 

Shuningdek, yaqin kunlarda O‘zgidrometning 7 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi byulleten ma’lumotlari qatoriga yana 7 ta shahar ma’lumotlari ham qo‘shiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring