Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eng samarali» dori: avstriyalik olim 15 yildan beri koronavirusga qarshi vaksina ustida ishlamoqda

«Eng samarali» dori: avstriyalik olim 15 yildan beri koronavirusga qarshi vaksina ustida ishlamoqda

Yozef Penninger.

Foto: «NACHEDEU»

Avstriyalik immunolog va genetik Yozef Penninger koronavirusga qarshi «eng samarali» dori ishlab chiqayotganini ma’lum qildi. «Gazeta.ru» yozishicha, bu dori nafaqat virusni o‘ldiradi, balki asorat ham qoldirmaydi.

Olim ushbu dori ustida 15 yildan beri, 2002—2005-yillardagi koronavirus (SARS) tadqiqotlari ma’lumotlariga asoslanib, izlanish olib bormoqda.

Penninger 2020-yilning mart oyidayoq koronavirus juda xavfli ekanidan ogohlantirgandi

«Biz hozir klinik sinovlarning 2-bosqichidamiz, dorining kuchini bilishimiz juda muhim. Bu mutlaqo sof tadqiqot, bizda qisqartirishlar bo‘lmaydi», — dedi Penninger.

Agar dori sinovdan yaxshi o‘tsa, 2020-yil qishida ro‘yxatga olinadi.

«Bizning vaksinamiz, birinchidan, virusni bloklaydi — virus tarqalishini ming karra qisqartira olamiz. Ikkinchidan, fermanent faolligiga ega vaksina inson a’zolarini (o‘pka, yurak, tizzalar) himoyalaydi. Ya’ni doriga ikki xususiyatni joyladik», — ta’kidladi avstriyalik genetik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring