Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaqin do‘stining videoqo‘ng‘irog‘i koronavirusga chalingan odam hayotini saqlab qoldi

Eng yaqin do‘stining videoqo‘ng‘irog‘i koronavirusga chalingan odam hayotini saqlab qoldi

Foto: «lenta.ru»

Angliyaning Liverpul shahrida yashovchi odam «FaceTime» orqali do‘sti bilan videomuloqotda bo‘ladi. Uning rang-ro‘yidan ahvoli og‘irlashganini tushunadi. «Tez yordam» chaqirib, uning hayotini saqlab qoladi. Bu haqda «Liverpool Echo» nashri xabar berdi.

57 yoshli Derek Kempbell yolg‘iz o‘zi kvartirasida izolyasiyada bo‘lgan. Ikkinchi haftaning oxirida britaniyalik yo‘tala boshlagan. Qarindoshlariga quloq og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Kempbell yagona shoshilinch xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq nafas olishga qiynala boshlagunga qadar uyda davolanishni aytishgan.

Kempbellning o‘sha paytda Avstraliyada bo‘lgan qizi Samanta otasiga tinmay qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rab turgan. Bu vaqtga kelib otasining tana harorati ko‘tarilgan, hid bilish qobiliyati yo‘qolgan, gallyusinatsiya boshlanganiga qaramay, qiziga «o‘zimni yaxshi his qilyapman», deb aldagan. Biroq bir necha kundan beri ovqatlanmaganidan madorsizlanib qolgandi. Yig‘ishtirilmagan kvartirasi esa «qo‘rqinchli film sahnalarini» eslatardi.

Eng yaqin do‘sti Terri Jonson ham Kempbellning salomatligidan qayg‘urib, «FaceTime» orqali videomuloqotda bo‘lishga ahd qiladi. Terri do‘stining ahvolini ko‘rgan zahoti «Tez yordam» chaqiradi.

«Uning yuzi murdanikiga o‘xshab qolgandi», — deb eslaydi Jonson.

Kempbellga yangi tipdagi koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizildi. Britaniyalikning ahvoli shu darajada yomonlashib ketganidan besh kun sun’iy koma holatida bo‘lgan. Shifokorlar uning hayoti uchun uch hafta kurashdi. Ko‘plab asoratlarga qaramay bemor sog‘ayib ketdi. Uni shifoxonadan chiqarishdi. Endi unga yaqinlari g‘amxo‘rlik qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring