Yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar nomi e’lon qilindi
![Yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar nomi e’lon qilindi](http://static.xabar.uz/crop/1/4/720_460_95_1458478158.jpg)
Respublikaning Chust, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Chortoq, Nurota, Qo‘shrabot, Zomin, Yangiobod, Chiroqchi, Ko‘kdala, Beshariq, Paxtaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Nurobod, Urgut, Ishtixon, Payariq, Sh.Rashidov va Forish tumanlarida yer osti suv sathining 5 metrgacha va undan ortiq pasayib ketishi davom etmoqda.
Bu Prezidentning tegishli qarori loyihasida keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagi hududlarda 2022-yil 1-avgustdan boshlab yer osti chuchuk suvlariga quduq burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish bo‘yicha moratoriy joriy etiladi.
Bunda:
a) suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan suv tejovchi texnologiyalarsiz yerlarni sug‘orish taqiqlanadi;
v) ushbu hududlarda ichimlikdan tashqari maqsadlarda suv hisoblash vositalarisiz yer osti suvlaridan olinganda soliq to‘lovi belgilangan soliq stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi.
Shuningdek, mazkur hududlardagi sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazgan holda suvni kam iste’mol qiladigan ekinlar yetishtirishga bosqichma-bosqich o‘tish choralarini ko‘rish ham belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter