Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga kometa yaqinlashmoqda

Yerga kometa yaqinlashmoqda

Foto: Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi

21-oktyabr sanasida C/2025 A6 (Lemmon) kometasi Yerga yaqinlashadi, deb xabar berdi Rossiya FA Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi.

Kometa va Yer o‘rtasidagi minimal masofa 90 mln kilometrni tashkil etadi.

Olimlarga ko‘ra, fazoviy jism hisob-kitob qilingandan tezroq yorqinlashmoqda. Oktyabr oyi boshida u beshinchi yulduz darajasigacha kattalashadi va Yerdan durbinda kuzatish mumkin bo‘ladi.

Hozir kometa sayyoramizdan taxminan 200 mln kilometr olisda, u kuniga o‘rtacha 5 mln kilometr tezlikda yaqinlashmoqda. 3-oktyabrda Yer va kometa oralig‘i 150 mln kilometrgacha qisqaradi, 21-oktyabrda esa Lemmon eng minimal masofagacha keladi.

Kometaning maksimal yorqinligi oktyabr oxiri — noyabr boshlarida kuzatiladi. Ikki-to‘rt yulduz kattaligigacha yorqinlashgan kometani oddiy ko‘zda ham kuzatsa bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring