Eron generalini yo‘q qilgan AQSh o‘z armiyasini jangovar shay holatga keltirdi
AQSh qurolli kuchlari to‘liq jangovar holatga keltirildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib «Fox News» telekanali xabar berdi.
Amerikaliklar Islom inqilobi posbonlari korpusining «Quds» bo‘linmasi rahbari, general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi ortidan Eron javob zarbasi berishi mumkinligidan cho‘chishmoqda.
Qosim Sulaymoniy — taniqli siyosatchi va harbiy edi. Uni Eronning bo‘lg‘usi prezidenti deyishardi.
General Sulaymoniyning o‘ldirilishida AQShning qo‘li borligini Pentagon yashirib o‘tirmadi va bu prezident Donald Trampning buyrug‘i ekani ma’lum. Eron esa Qo‘shma Shtatlardan qattiq o‘ch olinishini ma’lum qildi.
Sulaymoniy Iroq poytaxti Bag‘dodda bugun, 3-yanvar kuni o‘ldirilgan. Ikkita mashina hamrohligida aeroport yonidan o‘tayotgan generalning mashinasiga masofadan o‘t ochilgan.
General Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi Yaqin Sharqdagi shundoq ham tang vaziyatni yanada chigallashtirib yuborishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter